Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash — doimiy e’tiborda
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Kumakov tomonidan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va yechim topishga ko‘maklashish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
🗣️ Fuqarolar bilan muloqot davomida ularning murojaatlari, takliflari va mavjud muammolari tinglanib, har bir masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔎 Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, zarur hollarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish muhim vazifa hisoblanadi.
👍 Deputatlik faoliyatida aholi bilan ochiq muloqot qilish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning ijrosini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratiladi.
Har bir murojaat — inson taqdiri, har bir muammo esa e’tibor va amaliy yondashuvni talab qiladi!