Yangiliklar

19-BAND IJROSI: Kutubxonalar faoliyati o‘rganildi

19-BAND IJROSI: Kutubxonalar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 19-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat F.Islomova tomonidan hududdagi 69-maktabdagi kutubxona faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

✅ O‘rganish davomida kutubxonadagi mavjud sharoitlar, kitob fondining holati, aholiga, ayniqsa, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda kitobxonlikni rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishildi.

🎓 Shuningdek, kutubxonalarni zamonaviy adabiyotlar bilan boyitish, kitobxonlar uchun qulay sharoitlar yaratish va aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

📌 Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash va kutubxonalar faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.