Hazrati Imom mahallasida fuqarolar muammolari joyiga chiqib o‘rganildi
🏛 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati I. Normuratova hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U. Shopotixov Hazrati Imom mahallasiga tashrif buyurib, hududni ko‘cha-ko‘cha aylanib chiqdilar. Tashrif davomida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularni qiynab kelayotgan muammolar, taklif va murojaatlar atroflicha o‘rganildi.
📍 Shuningdek, mahalla hududidagi mavjud infratuzilma, obodonlashtirish ishlari hamda aholining ijtimoiy holatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va turmush sharoitini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
⚖️i O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi 450-sonli “Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi tumanda o`rganildi.
🤝 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, fuqarolarning murojaatlari yuzasidan amaliy choralar ko‘rish hamda mavjud masalalarni deputatlik nazorati doirasida kuzatib borish muhimligi ta’kidlandi.