Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Baxtiyor Mahkamov tomonidan hududda ijarada istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishildi.
📝O‘rganish davomida talabalarning ijara uylaridagi maishiy sharoitlari, sanitariya holati, xavfsizlik masalalari hamda ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.
⚖️QONUN IJROSI — AMALDA
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid amaldagi qonunchilik hujjatlari doirasida yoshlar uchun munosib sharoit yaratish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyatga ega.
✅Shuningdek, talabalarning ijara turar joylarida xavfsiz va qulay sharoitlarda yashashlarini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.