📌Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada jadallashtirish maqsadida, Jizzax shahar Kengashi deputati M.Adilova ham 9-“A.Navoiy” saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etdi. Mazkur qabul mahalla yettiligi bilan yaqin hamkorlikda o‘tkazildi.
🔸Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda mahalla ahli tomonidan hudud infratuzilmasini tubdan yaxshilash, ayollar va yoshlar bandligini taʼminlash hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bir qator dolzarb masalalar o‘rtaga tashlandi.
🔸Sayyor qabul yakunida deputat M.Adilova tomonidan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha vaqt va mablag‘ talab etuvchi yirik muammolar ijrosi qatʼiy muddatlar bilan deputatlik nazoratiga olindi.
📲 Bizni kuzatib boring:👇
🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook