Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati A. Nasirov tomonidan xatlov jarayonida Osiyo ko‘chasidagi 10, 10-A va 4-uylar hududida mavjud muammolar o‘rganildi.
✉️O‘rganish davomida mazkur manzillarda kommunal xizmatlar faoliyati lozim darajada yo‘lga qo‘yilmagani hamda aholini qiynayotgan qator muammolar mavjudligi aniqlandi.
🔎Hududdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash va fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
📝Shu munosabat bilan deputat A. Nasirov O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 5 va 8-moddalariga asosan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish orqali quyidagi masalalarni ko‘tardi:
— Osiyo ko‘chasidagi 10, 10-A va 4-uylar hududidagi kommunal muammolarni joyiga chiqib o‘rganish;
— aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rish;
— amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar yuzasidan deputatga yozma axborot taqdim etish.
📌Mazkur masala aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, kommunal infratuzilmani yaxshilash hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida deputatlik nazoratiga olindi.