📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Murodova 8-“Madaniyat” saylov okrugida istiqomat qiluvchi aholi vakillari uchun sayyor qabul o‘tkazdi. Ushbu tadbir fuqarolarning real muammolarini tinglash va ularni joyida tezkorlik bilan hal etish maqsadida tashkil etildi.
🔸Qabulda “Madaniyat” MFY “yettiligi” aʼzolari ham faol ishtirok etdilar. Bu esa ko‘tarilgan masalalarni mahallaning ichki imkoniyatlari va davlat dasturlari doirasida tezkor tahlil qilish va ularga yechim topish imkonini berdi.
🔸Muloqot davomida aholi tomonidan bildirilgan har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Joyida hal etilishi imkoni bo‘lgan muammolar yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi, ijrosi vaqt talab qiladigan masalalar esa deputatlik nazoratiga olindi.
📲 Bizni kuzatib boring:👇
🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook