Yangiliklar

🏛 Kengash raisi tomonidan Katqal’a mahallasi hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi

🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi, 3-Katqal’a saylov okrugidan saylangan “Adolat” SDP deputati Babajanov Jamolbek Jumabayevich Katqal’a mahallasi hokim yordamchisi J. Sultonovning mahallada olib borayotgan faoliyati bilan tanishdi.
📌 O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar ko‘rib chiqildi.
✅ Shuningdek, mahallada aholi turmush sharoitini yaxshilash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.