Yangiliklar

📌 OILAVIY TADBIRKORLIK — FAROVONLIK MANBAI

🏛 TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Zebo Polvonova Po‘lat mahallasida oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdi.
🔹 O‘rganish davomida tadbirkorlik faoliyati, oilalar daromadini oshirish, aholi bandligini ta’minlash va mavjud imkoniyatlarni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
📜 Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-son “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni.
🤝 Oilaviy tadbirkorlik — farovon hayot poydevori!