Yangiliklar

🏠 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLAR HOLATI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Z. Polvonova tomonidan Po‘lat mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonlarning yashash sharoitlari va mavjud muammolarini o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘RGANISH DAVOMIDA:
Xonadonlarning ijtimoiy-maishiy sharoitlari bilan tanishildi;
Oilalarning ehtiyojlari va mavjud muammolari o‘rganildi;
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi;
Aniqlangan muammolarni hal etish hamda oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
🤝 ASOSIY MAQSAD — ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash va munosib turmush sharoitini yaxshilashga ko‘maklashish.