Yangiliklar

2026-yil 13-oktyabr kuni soat 15:00 da

2026-yil 13-oktyabr kuni soat 15:00 da Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi tashkil etiladi.
📌 Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:
💎O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi “Ijtimoiy dorixonalar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 334-son qarori ijrosi;
💎Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan 24 ta tavsiya ijrosi.
📍 Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari tomonidan deputatlik faoliyatining belgilangan tavsiyalarga muvofiqligi, o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishi hamda deputatlik odobi talablariga rioya etilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi.
📣 Doimiy komissiya a’zolaridan yig‘ilishda o‘z vaqtida ishtirok etish so‘raladi.
🌐Xalq deputatlari Pastdar