Yangiliklar

IJTIMOIY REESTRGA KIRITILGAN OILALAR HOLATI O‘RGANILDI

IJTIMOIY REESTRGA KIRITILGAN OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati D. Sattorova hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qo‘shko‘pir tuman kengashi raisi O. Yusupova Gulzor mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodim bilan hamkorlikda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning yashash sharoiti va mavjud muammolarini o‘rgandilar.
O‘rganish davomida Oq oltin ko‘chasidagi 16-uyda yashovchi Gavhar Rahimova, Mustaqillik ko‘chasidagi 3-uy, 11-xonadonda yashovchi Gulyor Jumaniyozova, 2-uy, 10-xonadonda yashovchi Narigza Sapaeva, 3-uy, 10-xonadonda yashovchi Intizor Sharipova hamda 3-uy, 3-xonadonda yashovchi Yulduz Iskandarovalar bilan suhbatlashilib, ularning murojaatlari va kundalik hayotida duch kelayotgan muammolari tinglandi.
Uchrashuvda oilalarning ijtimoiy holatini yaxshilash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1