Yangiliklar

BOG‘OT TUMANIDA “OILAVIY TADBIRKORLIK TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati N. Razzoqova tomonidan Bog‘ot tumanida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

 O‘rganish davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda qonunda belgilangan talablarning amalda bajarilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

 Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hududning iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

 Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni. 

Slide 1 of 3