Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M.Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholini qiynayotgan muammolar hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolarining faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi bandligini ta’minlash va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.