Yangiliklar

AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASI — DOIMIY E’TIBORDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, 9-Lutfiy saylov okrugi deputati Xidiyatullina Rima Rashitovna Lutfiy mahallasida aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va samaradorligi, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lash jarayonlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda ijtimoiy xizmatlarni manzilli va samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur tavsiyalar berish, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2