Lutfiy mahallasi deputati Xidiyatullina Rima Rashitovna hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
O‘rganish davomida, ayniqsa, “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikning oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga alohida e'tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Fuqarolarimizning tinchligi, osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, mahallada sog‘lom va xavfsiz muhitni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, mahalla osoyishtaligini ta’minlashga mas’ul xodimlarning o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyat bilan yondashishi, faoliyat samaradorligini oshirishi hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida qat’iy va tizimli choralar ko‘rishi lozimligi alohida ta’kidlandi.