Zangiota tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E. Rustamov aholi murojaatlarini tinglash maqsadida navbatdagi qabulni o‘tkazdi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar, bildirilgan takliflar hamda aholining murojaatlari batafsil ko‘rib chiqildi.
📘Ijtimoiy, infratuzilma, elektr-energiyasi taʼminotidagi uzilishlar, ichimlik suvi va boshqa masalalar bilan bog‘liq masalalarni tezkor va samarali hal etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
📙Shuningdek, qabul jarayonida bildirilgan takliflarni joyiga chiqib o‘rganish, amaliy yechimini taʼminlash bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.