“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan masalalardan biri muhokama qilindi.
👥 Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari ishtirok etdi.
📑 Kun tartibidagi masala yuzasidan Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Sh.Jumamuratovning “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.
💬 Axborot atroflicha muhokama qilinib, jamg‘arma mablag‘laridan belgilangan maqsadlarda foydalanish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va tashabbuslarini rag‘batlantirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan fikr va takliflar bildirildi.