Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI KENGASHINING DOIMIY VA MUVAQQAT KOMISSIYALARI

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasiga muvofiq, Xalq deputatlari Kengashi sessiya masalalarini dastlabki ko‘rib chiqish, qaror loyihalarini tayyorlash, qonun hujjatlari ijrosiga ko‘maklashish va deputatlik nazoratini amalga oshirish uchun doimiy va muvaqqat komissiyalar tuzadi.

🔹Asosiy yo‘nalishlar:

mahalliy budjet, tadbirkorlik va iqtisodiy islohotlar;
korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy masalalar;
ijtimoiy soha, yoshlar, madaniyat va sport;
qurilish, kommunal soha, ekologiya, sanoat va transport;
reglament va deputatlik odob-axloqi.

📌Zaruratga ko‘ra muayyan masalalarni o‘rganish uchun muvaqqat komissiyalar ham tuzilishi mumkin.