Yangiliklar

🏠 FUQAROLAR MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Bobojonova tomonidan Qumyop mahallasida fuqarolarning murojaatlari va muammolarini xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.
📌 O‘rganish davomida:
— xonadonlarning ijtimoiy-maishiy sharoitlari;
— fuqarolarni qiynayotgan muammolar va ehtiyojlar;
— ish bilan ta’minlash, ijtimoiy va moddiy ko‘mak masalalari;
— obodonlashtirish va infratuzilmaga oid takliflar o‘rganildi.
🤝 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli hal etish va fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.