#komissiya_faoliyati
🔰Ekspert guruhi faoliyati: masalalar tahlil va muhokama qilindi
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✔️Yig‘ilishda tuman Kengashi faoliyatiga kiritilayotgan masalalarni chuqur o‘rganish, ularning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini tahlil qilish hamda deputatlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan xolis va asoslantirilgan xulosalar tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi.
✔️Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli ma’lumotlar ko‘rib chiqilib, ularning mazmun-mohiyati, ijrosi va amaliy ahamiyati atroflicha muhokama qilindi. Ekspert guruhi a’zolari tomonidan masalalarni yanada takomillashtirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
✔️Shuningdek, Kengash sessiyalariga kiritiladigan masalalarni oldindan puxta tahlil qilish, hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.
✔️Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirilib, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.
👉Ekspert guruhi faoliyati Kengash qarorlarining puxta, asoslangan va qonuniy jihatdan mukammal bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt