Yangiliklar

#munosabat

🔰#munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrif bilan borishi Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega.
✔️Tashrif doirasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etish, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Mazkur muloqotlarda savdo-iqtisodiy, energetika, transport, ta’lim, ilm-fan, madaniyat va yoshlar sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
✔️Deputat sifatida qayd etamanki, bunday xalqaro muloqotlar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, shuningdek, yangi iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Erkin Tursunov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt