Yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVI BO‘YICHA MUAMMOLAR BARTARAF ETILADI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Ahmedov Shuxrat Murotovich tomonidan fuqarolar murojaati asosida deputat so‘rovi yuborilgan edi.
Deputat so‘rovida “Katta Dimbirobod” MFY, 164-uy oldidagi hududda zamonaviy avtobekat o‘rnatish hamda irrigatsiya tarmoqlarining ustki qismlarini fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida beton plitalar bilan yopish masalasi ko‘tarilgan.
📄 Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasining 2026-yil 6-oktabrdagi 122-son javob xatida mazkur masalalar yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilishi, muammolar bartaraf etilishi va yakuniy natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ma’lumot taqdim etilishi bildirilgan.
🤝 Deputatlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri — fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni nazoratga olib, ularning amaliy yechimini ta’minlashdir.