Yangiliklar

Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi

Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati K.Muxitdinova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixov tomonidan Olmazor tumani Umid MFY hududida faoliyat yuritayotgan “QORA QAMISH YUKSALISH SERVIS” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-yanvardagi 3-son “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini tumanda o`rganish masalasi muhokama qilindi

🔎 O‘rganish ishlari Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalarga asosan olib borilib, boshqaruv kompaniyasining ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, ko‘p qavatli uylarning:
▫️ Kuz qish mavsumiga tayyorligi;
▫️ ichki yo‘laklari va kirish qismlari (pod’yezdlari);
▫️ yerto‘lalari;
▫️ uylarning atrofidagi hududlar;
▫️ tozalik va obodonlashtirish holati;
▫️ yoritish tizimlarining sozligi;
▫️ umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash ishlari holati ko‘zdan kechirildi.

🏘 O‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlarda sanitariya-obodonlashtirish holatini yaxshilash, yoritish tizimlarini ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4