35-SESSIYA: BIRINCHI MASALA KO‘RIB CHIQILDI
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashining navbatdan tashqari 35-sessiyasi kun tartibidagi birinchi masala — Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashining 2026-yil 13-martdagi VII-25-25-9-122-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Mazkur masala yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari N.O‘mirzoqovning hisoboti eshitildi.
Hisobot davomida qarorga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati, ularning zarurati hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida deputatlarga ma’lumot berildi.
Sessiyada masala yuzasidan deputatlar tomonidan fikr-mulohazalar bildirilib, tegishli takliflar ko‘rib chiqildi.