Yangiliklar

🚶‍♀️ PIYODALAR UCHUN QULAY VA XAVFSIZ YO‘LAK

📍 Qumyop mahallasi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Bobojonova tomonidan Qumyop mahallasidagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
🏗 Mahalla raisi va faollari tashabbusi bilan
Abu Rayhon Beruniy va Qirg‘oqbo‘yi ko‘chalarini tutashtiruvchi yo‘lning 362 metr qismida piyodalar yo‘lakchasi barpo etilmoqda.
🎯 Asosiy maqsad:
aholi, ayniqsa piyodalar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash.
🤝 Mazkur tashabbus mahallada obodonlashtirish va aholi uchun qulay muhit yaratish borasidagi amaliy ishlarning muhim namunasi hisoblanadi.