Yangiliklar

🗣Deputatlar o‘rtasida tajriba almashildi

Deputatlar o‘rtasida tajriba almashildi

⏺Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri Matniyazov Akbar Qadirovich hamda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Uzun tumani Kengashi deputatlari bilan uchrashib, ish faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashdi.

🫥 Jumladan, hujjatlar bilan ishlash, Kengash qarorlari loyihalarini tayyorlash, deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda deputatlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

⏺ Muloqot davomida amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashilib, Kengashlar faoliyatida samarali ish usullarini qo‘llash bo‘yicha fikr almashildi.
 

Slide 1 of 1