📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati S.Israilov hamda mahalla “yettiligi” hamkorligida hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi bandligini ta‘minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔸O‘rganishlar davomida mahalla hududidagi xonadonlar va aholi bilan muloqot qilinib, fuqarolarning mavjud muammolari, taklif va ehtiyojlariga alohida e‘tibor qaratildi. Ayniqsa, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq masalalar tahlil qilindi.
🔸Belgilangan vazifalarning ijrosi deputatlik nazorati asosida kuzatib boriladi. Bu esa aholi tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni joyida o‘rganish, ularning yechimini tezlashtirish va fuqarolar manfaatlarini ta‘minlashga xizmat qiladi.