Yangiliklar

Sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi

Sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova hamda tuman Kengashi deputati A. Erkinov tomonidan Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashining Yettinchi chaqiriq o‘ttiz beshinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida Qo‘shko‘pir tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i S. Sobirovning 2026-yilning o‘tgan 9 oyi davomida yoshlar muammolarini aniqlash va ularni hal etish, yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tahlil qilindi.
Shuningdek, yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligi, aniqlangan muammolarni manzilli hal etish, bandlikka ko‘maklashish hamda yoshlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1