Yangiliklar

TA’LIM MASKANLARIDAGI SPORT ZALLARI HOLATI O‘RGANILDI

#PaxtakorKengashi
#Deputat
#24_eng_muhim_masala

TA’LIM MASKANLARIDAGI SPORT ZALLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri X.Abduvohidov tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi ta’lim maskanlarining sport zallari holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida sport zallarining umumiy holati, jihozlanganlik darajasi, mavjud sport anjomlarining foydalanish uchun yaroqliligi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sport zallaridan samarali foydalanish, ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2