#PaxtakorKengashi
#Deputat
#24_eng_muhim_masala
#ObodMahalla
SAYLOV OKRUGI HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Xasamiddinov tomonidan o‘z saylov okrugi hududida obodonlashtirish va ozodalik ishlariga bosh-qosh bo‘linmoqda.
Hududdagi ko‘chalar, aholi yashash joylari va umumiy foydalanish hududlarining tozaligi hamda tartibga keltirilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, mavjud kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish, hududni ko‘kalamzorlashtirish va yanada obod ko‘rinishga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.