Yangiliklar

“Achaobod” mahallasida deputatlik nazorati: Ijtimoiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi

 “Achaobod” mahallasida deputatlik nazorati: Ijtimoiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi

⚡️Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilshod Tashpo‘latov “Achaobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashdi.

✨Uchrashuv davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy masalalarni manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

❗️Shuningdek, Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida mahalladagi ijtimoiy xizmatlar, xususan, ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

💡O‘rganish jarayonida ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning samaradorligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Deputatlik nazorati doirasida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

🌟Aholi manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarni joyida o‘rganish va muammolarni amaliy hal etish — deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir.

Slide 1 of 5