🔽Kichik biznesni rivojlantirish – deputatlar e’tiborida
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Aleli” mahallasida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirishga qaratilgan loyihalar o‘rganildi.
♦️O‘rganish davomida mahalla hududida yengil konstruksiyali savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi.
♦️Mazkur loyihalarni samarali yo‘lga qo‘yish orqali yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, aholiga qulay xizmatlarni ko‘paytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.
♦️Mas’ullarga loyihalarni sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
👉O‘rganishlar davom etmoqda.
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt