Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlik nazoratida
📌 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilshod Xabibullayevich Tashpo‘latovga Kotibiyat tomonidan biriktirilgan Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqjonova tomonidan “Achaobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 111-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, xususan, isitish tizimining texnik holati, uning mavsum davomida barqaror va xavfsiz ishlash imkoniyatlari alohida ko‘rib chiqildi.
🔹 Maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning sovuq mavsumda issiq, qulay va xavfsiz sharoitda ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati asosida davom ettiriladi.