Yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB: BOLALAR O‘YIN MAYDONCHASI MASALASI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Muxamedova Barno Farxodovna tomonidan Arnasoy ko‘chasi, 2-uy oldidagi bolalar o‘yin maydonchasini zamonaviylashtirish masalasi yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.
Mazkur deputat so‘roviga Chilonzor tumani hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi. Javobda ushbu manzilda hokimlik tomonidan 2026-yilda mazkur maydonchani zamonaviy tarzda qayta ta’mirlash uchun mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmaganligi ma’lum qilindi. Kelgusida tegishli manzilli ro‘yxat dasturi tasdiqlanib, moliyalashtirilgan taqdirda masala yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirildi.
Deputat so‘rovlari orqali aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning holati va yechimi yuzasidan rasmiy javoblar olinmoqda.