Yangiliklar

Murojaat va o‘rganish: Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ovqatlanish ratsioni nazorat qilindi

Murojaat va o‘rganish: Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ovqatlanish ratsioni nazorat qilindi

​
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 7-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputati Yangi yo‘l mahallasida joylashgan 5-maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) faoliyatini atroflicha o‘rgandi.

​O‘rganish jarayonida deputat eng avvalo muassasadagi tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, bolalarning ovqatlanish ratsioni, taomlar sifati hamda oshxona va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash omborxonalarining sanitariya-gigiyena holati bilan tanishdi.