Yangiliklar

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi 14-Chaqar saylov okrugidan saylangan deputat Shuxrat Raxmonov Chaqar MFYda o‘rganishlar olib boradi.

#Ish_reja

🇺🇿 Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi 14-Chaqar saylov okrugidan saylangan deputat Shuxrat Raxmonov Chaqar MFYda o‘rganishlar olib boradi.


O‘rganishlar davomida:

✅ Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi va yoshlar bandligi;

✅ Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi;

✅ Mahallalardagi sport inshootlari, maktablardagi sport zallari hamda sport jihozlarining holati;

✅ Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari;

✅ Ijtimoiy ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlanishi hamda to‘lanishi holati o‘rganiladi.

🤝 Maqsad — mavjud muammolarni joyida aniqlash, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash.