📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B.Toshpo‘latov tashabbusi bilan “Qaliya” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi xayrli va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
🔸Mahalladagi “Qaliya” qabristoniga sug‘orish suvini olib kirish maqsadida, u yerga boruvchi maxsus ariqni loyqa va chiqindilardan tozalash ishlari to‘liq deputat tomonidan tashkillashtirildi.
🔸Ushbu amaliy harakat natijasida qabriston hududini obodonlashtirish hamda u yerdagi ko‘kat va daraxtlarni doimiy sug‘orish imkoniyati yaratildi. Bu kabi xayrli tashabbuslar hudud infratuzilmasini yaxshilash va muqaddas qadamjolarni muhofaza qilishga xizmat qilmoqda.