Yangiliklar

🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yaxshimuratova Muhabbat Allaberganovna tomonidan Komiljon Otaniyozov mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan hamkorlikda kambag‘al oilalar ro‘yxatidagi oila holati o‘rganildi.
📌 Oila bilan ishlash bo‘yicha ishlab chiqilgan individual reja asosida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi.
🎯 Maqsad — oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash va uni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish.