Yangiliklar

IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat X. Sultonov tomonidan tumanda ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan tizimli ishlarni tashkil etish borasida Saidlar mahallasi “yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida ijtimoiy reyestrdagi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish, ularning mavjud muammolarini aniqlash, ehtiyojmand oilalarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarining samaradorligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Tahlil yakuni bo‘yicha deputat X.Sultonov tomonidan masʼullarga ijtimoiy reyestrdagi oilalar bilan ishlashni yana-da kuchaytirish, ularning muammolarini manzilli o‘rganish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1