Yangiliklar

KOSIBLAR MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI MASALASI O‘RGANILDI

 KOSIBLAR MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI MASALASI O‘RGANILDI

🚨 Kosiblar MFY Sharafli ko‘chasida joylashgan TP-5910 transformator podstansiyasining aholi uchun noqulay joyda o‘rnatilganligi yuzasidan fuqarolar tomonidan bildirilgan e’tirozlar o‘rganildi.

🚨Mazkur masala yuzasidan aholi tomonidan yuqori turuvchi tashkilotlarga ham murojaatlar yo‘llanganligi inobatga olinib, mahalla raisi va deputat elektr ta’minoti korxonasi mas’ul xodimlari bilan birgalikda murojaat manziliga borib, holatni joyida o‘rgandi.

🚨O‘rganish davomida transformatorning joylashuvi, aholi uchun keltirib chiqarayotgan noqulayliklar hamda mavjud muammoni bartaraf etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

🚨Masalani aholi manfaatlaridan kelib chiqqan holda hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4