Yangiliklar

🌾 Qahramon MFYda kuzgi-to‘qsonbosti ekinlari ekish jarayoni kuzatildi

🌾 Qahramon MFYda kuzgi-to‘qsonbosti ekinlari ekish jarayoni kuzatildi
📌 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O.Xalilov Qahramon MFY dehqonlarining kuzgi-to‘qsonboshi ekinlarini ekish jarayonini kuzatdi.
🌱 Deputat dalalarda olib borilayotgan ekin ishlarining agrotexnik muddatlarda va sifatli amalga oshirilishini ko‘zdan kechirdi.
🥬 Xalqimiz dasturxonini to‘ldirish, bozorlardagi narx-navoni tushirish hamda aholini mo‘l-ko‘l qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida dehqonlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning ehtiyoj va takliflari o‘rganildi.

Slide 1 of 3