Yangiliklar

“JASORAT MAKTABI”DA YOSHLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati K.Mamanova Oltinko‘l mahallasidagi 19-sonli “Jasorat maktabi”da bo‘lib, ta’lim muassasasida yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida maktabdagi o‘quv jarayoni, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quvchilar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Yoshlarni Vatanga sadoqat, yurtga daxldorlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalash, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1