Yangiliklar

24-BAND IJROSI: Suvdan oqilona foydalanish — deputatlik nazoratida

 24-BAND IJROSI: Suvdan oqilona foydalanish — deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan aholi tomorqalarini sug'orish masalasi yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N.Eliboyev Oshiq Ota Yangiyo‘l ko‘chasida bo‘lib, ko‘chaboshi P.Jumanazarov hamda hudud fuqarolari bilan tomorqalarni sug‘orish holati yuzasidan suhbatlashdi.

Muloqot davomida aholi tomonidan tomorqalarni sug‘orishda suv hajmining me’yoridan ortiq kelishi natijasida ekinlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.                                                                                                 

Slide 1 of 1