Yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI

 DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati J. Ochilov doimiy komissiya faoliyati doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Pastdarg‘om tuman bo‘limida bo‘ldi.
🔎 Uchrashuv davomida bo‘limning faoliyat yo‘nalishlari, hududda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, yoshlar bilan ishlash hamda aholi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
📋 Shuningdek, doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, mavjud masalalarni birgalikda o‘rganish hamda belgilangan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi.
🎯 Hamkorlikdan asosiy maqsad — hududdagi ijtimoiy-ma’naviy masalalarni joyida o‘rganish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va aholiga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash. 

Slide 1 of 2