Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 11-sentabrdagi VII-31-97-7-100-K/26-son qaroriga asosan, “Ochiq budjet” axborot portali orqali o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lgan takliflar ovozlar soniga ko‘ra yuqoridan pastga tamoyili asosida hamda “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib belgilandi.
“Ochiq budjet” axborot portali orqali o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida fuqarolar tashabbusi asosida Sarbozor mahallasi bilan O‘ymovut mahallasini bog‘lovchi asosiy yo‘lni asfalt qoplamasi bilan qoplash loyihasi g‘olib bo‘ldi.
Mazkur loyihani amalga oshirish uchun 1 milliard 500 million 120 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilangan.