Yangiliklar

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi 1-sonli maktabda qo‘shimcha bino qurilishi va yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi

O‘rganish davomida tumandagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangidan barpo etilayotgan qo‘shimcha o‘quv binosidagi qurilish-montaj ishlarining borishi, yaratilayotgan shart-sharoitlar va ish jarayonining sifati ko‘zdan kechirildi.
Mutasaddilar tomonidan qurilish ishlarining tasdiqlangan reja va standartlarga mos ravishda olib borilishi, o‘quvchilar uchun zamonaviy hamda xavfsiz ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Ta’lim muassasalarida o‘quvchi o‘rinlari sonini ko‘paytirish hamda ularning sifatli ta’lim olishi uchun munosib sharoit yaratish borasidagi nazorat tadbirlari davom etmoqda.                            

Slide 1 of 1