#Deputat_faoliyati
#ijobiy_yechim
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI MUAMMO BARTARAF ETILDI
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 18-Markaziy saylov okrugi deputati Sh.Karimov tomonidan Do‘stlik mahallasidagi Y.Rajabiy ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaati o‘rganilib, ko‘chadagi mavjud elektr simyog‘ochlarni zamonaviy beton ustunlarga almashtirish masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
Mazkur deputatlik so‘roviga tegishli mas’ul tashkilotlar tomonidan javob berilib, fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masala amaliy hal etildi.
Jumladan, Y.Rajabiy ko‘chasidagi eskirgan elektr simyog‘ochlar zamonaviy beton ustunlarga almashtirildi.