Yangiliklar

24-BAND IJROSI:NAVBATDAGI SESSIYAGA KIRITILGAN MASALA: SHIYPONLARDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI

Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G. Bozorova tomonidan hududdagi shiyponlarda yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida shiyponlarning amaldagi holati, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va shiyponlarda fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3