Yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Maxkamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 221-son qarori bilan Farg‘ona viloyati hududlarida 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlangan — jumladan, yalpi hududiy mahsulot 1,5 baravar, sanoat mahsulotlari 1,5 baravar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 1,2 baravar, xizmatlar hajmi 3,1 baravar va qurilish ishlari hajmi 1,5 baravarga oshirilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan deputat Marg‘ilon shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i A.Turdaliyevga rasmiy so‘rov yubordi.

Unda 2026-yil 1-sentabr holatiga qarorning Marg‘ilon shahrida bajarilishi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Slide 1 of 1